Qo'l ushlashib yurardik bog'da
Xazon rezgi ayni kuz chog'da
Qolar bo'ldim sensiz men bog'da
Senga so'ngi so'zim alvido
Qoshlarini chimirgan qizcha
Shoxdan shoxga sakragan qushcha
Bo'lsa bo'lar yor degan bizcha
Senga so'ngi so'zim alvido
Uzatdilar seni boylarga
Sur'atingni ottim soylarga
Meni sharob belar loylarga
Senga so'ngi so'zim alvido
Alvido alvido alvido
Yor alvido ayriliqdan bo'ldikku judo
Ayriliqdan bo'ldikku judo
Yor yor deya aytillar tinmay
Men taqdirga qoldima ko'nmay
Yurak o'ldi jasadim o'lmay
Senga so'ngi so'zim alvido
Yor yor deya aytillar tinmay
Men taqdirga qoldima ko'nmay
Yurak o'ldi jasadim o'lmay
Senga so'ngi so'zim alvido
Kimdan qolmas dedimi dunyo
Umr tushdek o'tadi go'yo
Sen mengami men senga ro'yo
Senga so'ngi so'zim alvido
Kimdan qolmas dedimi dunyo
Umr tushdek o'tadi go'yo
Sen mengami men senga ro'yo
Senga so'ngi so'zim alvido
Alvido alvido alvido
Yor alvido ayriliqdan bo'ldikku judo
Ayriliqdan bo'ldikku judo