Sog'inchlarda sirdosh bo'ldi tunlarim
Sensiz o'tmoqdadir endi kunlarim
Notanish bir soyalikda kunduzim
Nahot tugab bitdi umid yulduzim
Kelib hayotimni qilgin sarishta
Eshitmoqdamisan meni farishtam
Jamolingni unutolmasam netay
Visolinga endi qandayin yetay
Yoki armon libosini kiyib
Qay sahroga majnun kabi men ketay
Ketsam ham aslim senla qolar
Senla tirildiku senla o'lar
Mayliga nima bo'lsa ham bo'lar
Qaytgim qadirligim farishtam
Farishtam farishtam
Eshitmoqdamisan meni farishtam
Farishtam farishtam
Qaytgim qadirligim farishtam