Xamdam Sobirov - Qishloqqa qayt
- Формат: MP3
- Качество: 320 kbps
- Дата релиза: 26 Марта 2023
Sochlaringni sap-sariqqa bo'yabsanda
Qoshlaringni menga aytmay teribsanda
Uydaman deb kim, qayerlarda yuribsanda
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz
Kecha yana gap bo'libmiz qishloqda
Qo'l ushlashib yurgan emishmiz bog'da
Direktorni qiziliging chatoqda
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz
Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt
Menga yoqar eding paplin ko'ylagingda
Olib yurar eding rasmim cho'ntagingda
Kalishchani yechib sen ham aynidingda
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz
Maktabdagi uchrashuvlar yodimda
Sendan olgan qizil ruchka yonimda
Hayrlashmay ketding qoyil qoldimda
O'qiyman deb shaharlarda yurgan qiz
Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt
Boshimga balo bo'ldi, bu qandayin savdo bo'ldi
Senga olgan uzugim, tillo edi tosh bo'ldi
Va'dalaring qayda qoldi, bo'salarim qayda qoldi
Ado qilgan dunyolarmas, bitta qalam qosh bo'ldi
Pomadalar labingda, tillo zanjir bo'yningda
Qolib ketma Toshkentda, e qishloqqa qayt
Modniy ko'ylak egningda, kimdur bormi ko'nglingda
Sog'indim deb bittagina shevangda ayt