O'tadi kun amalim ortida
Berkinar mazmun
Ichimda aylanadi
Har zamon bir savol
Negadir hamma masalada
Hamma yarador
Yaxshilari jim doim
Yaxshilikka tarafdor
Dunyoga nazar sol
Xatar baloga yo'liqmadi
Tarbiyani qilmagan uvol
Berildi har safar imkon
Cho'zildi qo'l kimga musaffo osmon
Biri deydi hammasi yaxshi
Ichida siniq usti boshi chang
Qalbi ko'rinar tiniq
Biri bo'lsa
So'ngi rusumli telefonda
Doimiy nazarda
Kibri orqa fonda
Bozor keng
Hamma gapni bor egasi
Har bir narsada baho
Topilmadi ashyo
Narxi bebaho
Topildi xaridor
Va so'ngida
Hamma yarador