Qani do'st degan so'zni
Qadri qoldimi o'zi
Xozirgi do'st fitnasidan
Qizarar shayton yuzi
Men do'stlarim qo'llariga
Ishonchimni berganda
O'yinchoqdek o'ylashibdi
Ko'r ekan ular ko'zi
Xato xato qildim o'zimdan ham
Ko'p do'stlarim o'ylab
Qaytar dunyo qaytganida
Kelmanglar mendan uzur so'rab
Xoin do'stlar xiyonatlar muborak
Sotqin do'stlar qiyomatimdan darak
So'ngi so'zim kelmang yonimga demak
Aslo aslo sizni kechirolmasam kerak
Ex soxtalar xiyonatlar muborak
Sotqin do'stlar qiyomatimdan darak
So'ngi so'zim kelmang yonimga deyman
Aslo aslo sizni kechirolmasam kerak
Hom sut emgan bandamanda
Soxtaligin bilmabman
Ular meni sotsalarda
Nonlarin ardoqlabman
Ex insonmas shoqollarni
Do'stim deya atabman
Shuncha umrim uvol bo'ldi
Uvol qilib yashabman