Yor sen deb azob yutdim
Bag'ring ham tosh ekanda
Alam bag'riga botdim
Baxtga yetdim deganda
To'siq barcha yo'llarim
So'z aytolmas dillarim
Kalta ekan qo'llarim
Baxtga yetdim deganda
Ishonch bo'lsa icharman icharman
Armonlarni qucharman qucharman
Sendan qanday kecharman kecharman
Baxtga yetdim deganda deganda
Ishonch bo'lsa icharman icharman
Armonlarni qucharman qucharman
Sendan qanday kecharman kecharman
Baxtga yetdim deganda senga yetdim deganda
Hijronda so'nar bo'ldim
Bo'lari bo'lar bo'ldim
Mayli deb bariga ko'ndim
Seni baxtim deganda
Bunchalar beparvo yurding
Sen ham qalbga tig' urding
Nega yuzlaringni burding
Senga yetdim deganda