Sendan so’ng hayotda qovrilib, qaynab,
Ona, xotirjam bo’l, yuribman o’ynab.
Hali ham akamni, opamni qiynab,
Boshida shamoli bordir bolangni.
Tushundim nelardan beziblar ketding,
Yarim yuragimni eziblar ketding.
Osmonim – bolam deb seziblar ketding,
Ko’klarda kamoni bordir bolangni.
Ona xotirjam bo’l…
Mendan uzoq ket qayg’u,
Yaqinlashma endi g’am.
Yengilsam hasratlarga,
Bezovta bo’lar onam.
Anduhlarga ko’milib,
Ko’zyoshimga cho’milib,
Qolsam tutday to’kilib,
Bezovta bo’lar onam.
Qolsam tutday to’kilib,
Bezovta bo’lar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yo’q giryona.
Yig’lasam tushimga kirib,
Bezovta bo’lar onam