Egnida oq libos qalbida to'la ixlos
Ko'zda yoshlari marjon kelinchak
Ota uyida mehmon yor uyida mezbon
Bugun aytilmoqda yor- yor kelinchak
Kuzatar qarindoshlar ko'zlari to'la yoshlar
Yangi uyga xush bor kelinchak
Yuzi nurli quyosh kabi uchmoqda oqqush kabi
Bugun aytilmoqda yor - yor kelinchak
Yor kelinchak yor - yor kelinchak
O'z yoringa bo'lgin vafodor kelinchak
Yor kelinchak yor - yor kelinchak
Senga go'zal baxtlar bo'lsin yor kelinchak