Ayt endi sevolmaysanmi meni
Ayt endi ko'rolmaymanmi seni
Yuragimni qaytib ber menga
Ortinga qayt besh daqiqaga
Sen ayt nega ko'zlaringda nur
Sen ayt yana qancha ezadi bu g'am
Sendan qoldi dard alam
Endi bitmaydi yaram
Bir kun kelib unutilarsan sen ham
Sog'inganingda borolmasam
Bir bora xoling so'rolmasam
Afsuslaringni ko'rolmasam
Yig'lama yor
Taqdirga ko'nib yasholmasang
Afsuslaringni aytolmasang
O'zgadan baxting topolmasang
Izlama yor
Bilgin qalbsiz sevgi bo'lmaydi
Demak seni baxting kulmaydi
Mayli sensiz ko'nglim to'lmaydi
Lek bo'lmayman sendan umidvor