Qo'shiq kuylab sahnalarda yursam agar
Hayajonu qo'rquv hisi bor har safar
Daydi hayol olib ketar meni har gal
O'zbek xalqim suyib qabul qilarmikan
Oq yo'l tilab menga duo berarmikan
Onam mehri bu jonimga oro bo'lib
Otam duo qilsa yuray nurga to'lib
Ustozlarim quchog'ida yursam kulib
Duo qilib omad tilab turasizmi
Shogirdlariz qatorida ko'rasizmi
Iymon insof sabr bersin qodir Xudo
Ota onam Rasulimga bo'lsin fido
Xaq yo'lida xuddi sizdek bo'lay ado
Duo qilib omad tilab turasizmi
Shogirdlariz qatorida ko'rasizmi