Besh kunlik dunyoda 3 kun yig'lasalar
O'z vatanin diydoriga to'ymasalar
Dardin ichga yutib pinhon yig'lasalar
Oson tutmang bu musofir ayollarga
Allaqanday o'y kelmasin hayollarga
Qaysi toshga urilmadi bu boshlari
O'zga yurtda minnatli yegan oshlari
Yig'layverib qolganmikan ko'z yoshlari
Oson tutmang bu musofir ayollarga
Allaqanday o'y kelmasin hayollarga