Ishdan kelsangiz tunlari
Yo'lingizni kutgandi
Bugun kelin bo'layabdi
Hayotingiz asal qandi
Sochlarini mayda o'rib
Qo'yardingizku erkalab
Yuragingiz yulib ketar
Kelin qizingiz yelkalab
Qora munchog' ko'zingiz
Kelin bugun otajon
Farishtadek yuzingiz
Kelin bo'ldi onajon
Ko'z yoshlarim turar qalqib
Keling bir bor qo'ying artib
Qizingizni yor yor aytib olib ketar onajon
Yor yor aytib olib ketar onajon
Bag'ringizdan ketayabman
Sizdan olib katta dars
Sizga rahmat ming shukurlar
Mendan rozi bo'ling bas