Yuragimga rayhon ekaman
Ko'zingizdan yoshlar oqmasa
Nima qilay axir onamga
Plastmasa gullar yoqmasa
Olay deyman ko'nglingni
Kechir artist o'g'lingni
Bir paytlar keragidan ortiq qildim ko'nglingni
Tentak bo'ldim o'zimni
Telvizorda ko'ray deb
Qo'shiq aytdim uzoqdan
Ona mashxur bo'lay deb
Onajon onajon
Kechir artist o'g'lingni
Olay endi ko'nglingni
Onajon
Onajon ey onajoney
Kechir artist o'g'lingni
Olay endi ko'nglingni
Onajon ey
Ona endi ko'zim ochildi
Yolg'on bo'lsa yuzimga tupur
Yolvoraman Allohim sendan
Onam umrin uzoq qilib tur
Sizni xasta qilganman
Bag'ringizni tilganman
Ona qadridan boshqa
Har baloni bilganman