Shayton qarash ko'rinadi ko'zingizda
Kibr tomib turar aytgan so'zingizda
Bir ikki so'm topib katta gapirmang
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Bir deganda bir tomonga yetib qolmang
Mushtdekkina jonni tammon etib qolmang
Davlat kelib o'zingizdan ketib qolmang
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Kimga berib kimdan olib sinar Xudo
Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado
Bugun shoxsiz erta bo'lib qolmang gado
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Eslab ko'ring qani kecha kim edingiz
Cho'ntak quruq davralarda jim edingiz
Davr kelib yaqinlarni unutibsiz
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Bu dunyoga kelib ketdi asli kimlar
Bugun bari yer ostida yotar jimlar
Kibr otga minib olgan kibri dinlar
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Kimga berib kimdan olib sinar Xudo
Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado
Bugun shoxsiz erta bo'lib qolmang gado
O'zingizda bo'lavering o'zingizda
Nonni katta tishlasangiz tishlang lekin
Gap kelganda so'zlavering sekin - sekin
Kerak bo'lsa tosh yutasiz bo'lsa tekin
O'zingizda bo'lavering o'zingizda