Ko'chadagi yuz oylaring
Ko'ngil ovlar sho'x soylaring
Qo'sha-qo'sha saroylaring
Onang yotgan mozoriga
Dunyolarni topsang hamki
Topganing jam qilsang hamki
Otang kiygan o'sha eski
Choponiga arzimaydi
Yuz o'girmas sendan sira
Saqlamaydi qalbdan gina
Beboshligi bor ozgina
Nodon ukang bezoriga
Arzimaydi....
Hech kim kuymas jigaringdek
Og'ir kuning, soxtalardek
O'ylab ko'rsang do'stim jindek
Tog'dang akang tuporiga arzimaydi
Pul topay deb yurganlaring
O'zing o'tga urganlaring
Mushtoq bo'lib kutganlaring
O'g'il qizing diydoriga arzimaydi