O'g'il farzand bilan siyladi Alloh
Allohga shukurlar aytaman shu chog'
Har dam duodaman joning bo'lsin sog'
Otangni onangni ori bo'l o'g'lim
Quronni yod olgan qori bo'l o'glim
Salomat ulg'aygin kamoling ko'ray
Taqvoda nurlangan jamoling ko'ray
Baxtli kunlaringda yoningda turay
Otangni onangni ori bo'l o'g'lim
Qori bo'l o'glim, qori bo'l o'glim
Otang onangni g'ururi ori bo'l o'g'lim
Qori bo'l o'glim, qori bo'l o'glim
Otang onangni g'ururi ori bo'l o'g'lim
Birovning haqqiga tikmagin ko'zing
Yolg'onga to'ldirma so'ylagin so'zing
Dilbandim sen menga keraksan o'zing
Otang onangni g'ururi ori bo'l o'g'lim
Quronni yod olgan qori bo'l o'g'lim
Sendan umidlarim kattadan katta
Nafsinga bo'ysinga qolma g'aflatda
O'tinchim toj kiydir jannatda
Otang onangni g'ururi ori bo'l o'g'lim
Quronni yod olgan qori bo'l o'g'lim