Balki senga yurak edim qachonlardir
Yo shunchaki ermak edim qachonlardir
Ermakmanmi yurakmanmi ne bo'lsa ham
Axir senga kerak edim qachonlardir
Bahor uni sog'inguchi yaproq bo'ldim
Shamollarda to'kildimu tuproq bo'ldim
Yerga tushdim tuproqdan ham pastroq bo'ldim
Men osmonu falak edim qachonlardir
Qachonlardir qachonlardir qachonlardir
Men ham senga kerak edim qachonlardir
Ermakmanmi yurakmanmi ne bo'lsa ham
Axir senga kerak edim qachonlardir