Qaro tunning bag`rida
Yorug` Xayol qanday xush
Bu dunyoda bir qiz bor
Yostig`ining yarmi bo`sh
Qora sochi jamalak
Qora zulfi qayrilgan
Uning guldek xayoli
Shabnamlarga chayilgan
Sani sevib, xayolda
Ko`cha kezar, aylanib
Suratlarga tushar u
Sani uchun jilmayib
Kelgin qalbim o`ksima
Kuylayvergin xush navo
Bu dunyoda bir qiz bor
Xayollari musaffo