Sen ketdingu qoldim
Xasrat bilan o'zim
Arzim bayon aylay
Ruxsat bilan o'zim
Ishq ekan bezori
Ko'p ekan ozori
Birma bir tortyapman
Navbat bilan o'zim
To'ying qaysi oyda
Apreldir yo maydir
Qutlayman o'zimni
Xurmat bilan o'zim
Sen qo'rqma u daydi
To'yinga bormaydi
Gaplashib qo'yaman
Yurak bilan o'zim
Alam alam alam
Dardim taram taram taram
Qarayman olamga
Nafrat bilan o'zim
Alam alam alam
Dardim taram taram taram
Qarayman olamga
Nafrat bilan o'zim